10:57 / 14.02.2016
5611

Kuba o‘z hududiga xatolik tufayli keltirilgan raketani AQShga qaytardi

Xatolik yoki muvaffaqiyatsiz boshqarilish tufayli Kuba hududiga 2014 yil iyunida keltirilgan, AQShning Lockheed Martin Aeronautics Company’ning lazerli nishonga olish tizimiga ega AGM-114 o‘quv raketasi 13 fevralda egasi AQShga qaytarildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bergan.

Kuba tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda harbiy raketa Parijdan samolyotda keltirilgani aytilgan.

"Deklaratsiya qilinmagan, AQShda ishlab chiqarilgan harbiy vositaning mamlakatga kelishi Kuba hukumatini tashvishlantirdi", deyiladi hujjatda.

Raketa "tegishli holda konservatsiya qilingani" ta'kidlab o‘tilgan.

AQSh hukumati Kuba rahbariyatini o‘quv raketasi xatolik tufayli Kubaga yuborilgani haqida xabardor qilgan hamda uni orqaga qaytarishni iltimos qilgan. Kuba AQShni raketani qaytarishidan voqif qilgan hamda buni amalga oshirish uchun tegishli jarayonni boshalagan.

"2016 yil 13 fevralda ekspertlar raketa bilan birga AQShga qaytdilar", deb ma'lum qildi Kuba tashqi ishlar vazirligi.

Top