22:06 / 14.02.2016
4770

OAV: Saudiya Arabistonida 20 dan ko‘proq musulmon davlatlari ishtirokida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi

Saudiya Arabistonida ishtirokchi davlatlar soni bo‘yicha eng katta harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma'lum qildi

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, "Ar-Riyod taklifi va boshchiligida o‘tayotgan mashg‘ulotlarda 20 dan ko‘proq arab va islom davlatlari armiyalari bo‘linmalari ishtirok etadi. "Shimoliy momaqaldiroq" nomli bu mashg‘ulotlar qirollikning shimolida bo‘lib o‘tadi. Qo‘shinlar mujassamlanadigan asosiy platsdarm Xafr-al-Batn aholi punkti yaqinidagi qirol Xolid nomidagi harbiy baza bo‘ladi.

Dala mashg‘ulotlarida asosan harbiy-havo kuchlari harakatlari mashq qilinadi. Mashg‘ulotlarga, shuningdek, havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari, motoo‘qotar, tank, artilleriya qo‘shinlari, maxsus kuchlar otryadlari va harbiy-dengiz kuchlari ham jalb qilinadi.

Mashg‘ulotda ishtirok etadigan harbiylar va harbiy texnikaning aniq soni ma'lum qilinmagan.

Top