19:55 / 15.02.2016
17380

Jonivorlar ishtirokidagi eng yaxshi suratlar saralandi

Buyuk Britaniyadagi The Telegraph nashri jonivorlar ishtirokidagi eng yaxshi fotosuratlarni tanladi.

Nashr talqiniga ko‘ra, birinchi o‘rinda homilador ayol va ko‘rfaz suvidan sakrab chiqqan delfin surati keltirilgan. Bu surat Floridada, Den Mozer tomonidan tushirilgan.

Bu reytingda Llandidnodagi aviashou vaqtida "samolyotlardan biri o‘rnini egallab olgan" chaykani, fotografga JAR manzaralarini suratga olishda xalaqit bergan babuinni, Machu-Pikchu tog‘i fonida suratga tushgan lamani, Kanadadagi Banf milliy bog‘idagi olmaxonni va Avstraliyada yashovchi bahaybat gorillani ko‘rish mumkin.

Top