08:59 / 15.02.2016
3281

"Liverpul" o‘z tarixida ilk marta 6 futbolchisi gol urgan o‘yinda "Aston Villa"ni yirik hisobda yengdi

Angliya chempionati 26-turida Birmingem shahrining "Aston Villa" jamoasi "Liverpul"ni qabul qildi.

O‘yinda mezbonlar 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida jarohatlaridan forig‘ bo‘lib asosiy tarkibga qaytgan Daniel Starrij hisobni ochdi. 9 daqiqadan so‘ng Jyeyms Milner jamoasining ustunligini mustahkamladi va birinchi bo‘lim mersisaydliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda hisob yiriklashib ketdi. "Qizillar" safida Emre Jan, Divok Origi, Nataniel Klayn hamda Kolo Ture o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. Bunday barcha olti gol turli futbolchilar tomonidan urilishi jamoa tarixida ilk marta yuz berdi.

Bu g‘alabadan keyin Yurgen Klopp shogirdlari ochkolarini 38taga yetkazib, sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Aston Villa" esa 16 ochkosi bilan turnir jadvalining eng oxirgi o‘rnida qolmoqda.

Angliya chempionati, 26-tur

Aston Villa – Liverpul 0:6
Gollar: 0:1 – 16 Starridj, 0:2 – 25 Milner, 0:3 – 58 Djan, 0:4 – 63 Oriji, 0:5 – 65 Klayn, 0:6 – 71 Ture.
Aston Villa – Bann, Leskott, Okore, Sissoko, Bakuna (Layden, 66), Xil, Guyye, Veretu, Vestvud, Richards (Xatton, 85), Agbonlaxor (Sinkleyr, 58).
Liverpul – Minole, Ture, Moreno, Klayn, Sako, Milner, Jan, Koutino (Styuart, 66), Xenderson, Firmino (Benteke, 74), Starrij (Oriji, 62).
Ogohlantirishlar: Bakuna (42), Vestvud (65), Veretu (77), Styuart (84).

Top