10:15 / 16.02.2016
7573

Onishchenko: Amerikaliklar chivinlarni atay virus tashuvchi vositaga aylantirgan bo‘lishi mumkin

Dushanba kuni Rossiyada ilk bor Zika virusini yuqtirgan bemor aniqlandi.

Rossiya Iste'molchilar huquqlari va inson salomatligini himoya qilish Federal xizmatining sobiq boshlig‘i, hozirda RFning hukumat rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Gennadiy Onishchenko Bi-bi-sining Rus xizmatiga bergan intervyusida chivinlar jo‘rttaga virus tashuvchi vositaga aylantirilgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi.

Onishchenkoning so‘zlariga ko‘ra, 2012 yili Abxaziyadagi Qora dengiz sohilida rus entomologlari Zika virusining tashuvchisi deb hisoblanayotgan chivinlarning kenja turini ro‘yxatga olishgan.

"Bu meni tashvishga solayapti. Chunki bu yerdan taxminan 100 km narida shunday chivinlar yashayapti. Mamlakatimiz chegarasiga juda yaqin joyda esa AQShning harbiy mikrobiologiya instituti joylashgan”, - dedi u.

Gennadiy Onishchenkoning fikricha, "Pentagon gruziyalik bolalarni qizamiqdan himoya qilishi uchun harbiy biologiya bazasini qurmagan”.

Top