08:58 / 17.02.2016
3207

Yevropa Ligasi: "Lokomotiv" "Fenerbahche"ga mag‘lub bo‘lib qaytdi

Moskvaning "Lokomotiv" klubi Yevropa ligasi 1/8 finali doirasida Istanbulning "Fenerbaxche" klubiga qarshi safarda maydonga tushdi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Gollarning har ikkisi ham Souza hisobiga yozilgan. Yarim himoyachi o‘yinning 18 va 72-daqiqalarida moskvaliklar darvozasini aniq nishonga olgan.

Javob uchrashuvi 23 fevral kuni o‘tkaziladi.

Yevropa ligasi

1/8 final
Birinchi o‘yin
Fenerbahche – Lokomotiv 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Souza, 2:0 – 72 Souza.
Fenerbahche – Freytas, Alvesh, Kyar, Genyul, Erkin, Souza (Kadlets, 84), Topal, Nani, Tufan, Shen (Potuk, 78), van Persi (Fernandao, 78).
Lokomotiv – Gilerme, Peychinovich, Denisov, Yanbayev, Dyuritsa, Ndinga, Tarasov, Fernandesh, Samedov, Kasayev (Maykon, 62; Mixalik, 76), Shkuletich (Miranchuk, 79).
Ogohlantirishlar: Tarasov (45), Mixalik (86), Kadlets (90).

Top