22:25 / 18.02.2016
9744

Internetda turk harbiylariga hujum qilingan joydan olingan video chop etildi

Internetda Turkiyaning janubi-sharqida harbiy konvoyga hujum qilingan joydan olingan video chop etildi.

Videoda portlash joyiga tez tibbiy yordam mashinalari, boshqa shoshilinch xizmatlar va harbiylar yetib kelingani qayd qilingan. Shuningdek, unda portlashdan zarar ko‘rgan transportni, portlash joyidagi yer qatlam-qatlam bo‘lib yotgani ko‘rish mumkin.

Avvalroq turk OAVlarida Turkiyaning Diyorbakir viloyatida harbiy konvoy ketayotgan yo‘lda qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushishi oqibatida 6 harbiy halok bo‘lgani va bir nafari og‘ir jarohatlangani ma'lum qilingandi. Keyinroq Reuters axborot agentligi 7 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan. Voqea yuz bergan hududda aksilterrorchilik operatsiyasi boshlangan.

Top