10:19 / 18.02.2016
2346

Toyota 1 mln.dan ortiq avtomobilida xavfsizlik kamari bilan bog‘liq muammo borligini ma'lum qildi

Toyota kompaniyasi AQShga yuborilgan 1,1 mln avtomobilning xavfsizlik kamarida muammo borligi sabab qaytarib olishi haqida e'lon qildi.

Bu muammo 2006-2012 yillardan ishlab chiqarilgan ixcham RAV4 krossoverlari, shuningdek, 2012-2014 yillardagi elektr dvigatelli RAV4 modellarga xos.

Ma'lum bo‘lishicha, bunday avtomobillarning xavsizlik kamarlari yo‘l transport hodisasi chog‘ida risoladagidek ishlamasligi va yo‘lovchilarga jiddiy jarohat yetishi mumkin.

Mazkur kamchilik tekinga bartaraf etiladi.

Shu oyning boshida ham Toyota AQShdagi 320 mingta avtomobilni xavfsizlik yostiqchasi bilan bog‘liq kamchilik sababli qaytarib olgandi.

Top