11:10 / 18.02.2016
3343

Uorren Baffet kompaniyasi neft aktivlarini sotib olmoqda

Amerikalik milliarder Uorren Baffet neft aktivlarini sotib olishda davom etmoqda.

Baffetga tegishli Berkshire Hathaway kompaniyasi komissiyaga o‘tgan chorakda Kinder Morgan quvurlari operatorining 26,5 mln dona aksiyasini 400 mln dollar evaziga sotib olgani to‘g‘risidagi AQSh birjasi va qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha hisobotini topshirdi.

Bundan tashqari, taxminan 1 mlrd. dollar mablag‘ Phillips 66 neft ishlab chiqaruvchi kompaniyasining aksiyalariga sarflangan. Natijada, Berkshire endilikda Phillips 66 ning 75,6 millionlik (14,3 foiz) aksiyalariga egalik qilmoqda. Buning qiymati esa 6 mlrd. dollarga teng.

Berkshire Hathaway qaramog‘iga neft qumlari bilan shug‘ullanuvchi Suncor Energy aksiyalari ham kiradi.

“Boshqalar qo‘rqqan payti, siz sotib oling. Ular ziqnalik qilgan chog‘larida esa sotib yuboring.” Baffetning investitsiya bo‘yicha bildirgan yuqoridagi jumlalariga o‘zi ham amal qilayotganga o‘xshaydi.

Business Insider portalining tahliliga ko‘ra, Baffet o‘zining 60,7 milliard dollarlik mablag‘i bilan dunyoning 50 nafar eng boy insonlari ro‘yxatidan uchinchi o‘rinni egallagan.

Top