08:35 / 19.02.2016
4006

Gavayidagi Perl-Xarbor bandargohi suv hududiga sayyohlik vertolyoti qattiq qo‘nish amalga oshirdi

Gavayidagi Perl-Xarbor bandargohi suv hududiga noma'lum sabablarga ko‘ra boshqaruvi yo‘qotilgan xususiy vertolyot qattiq qo‘nish amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Halok bo‘lganlar yo‘q, biroq bir kishi og‘ir jarohatlar olgan.

Bell 206 vertolyoti sohildan uncha uzoq bo‘lmagan, "Arizona" yodgorlik linkori yaqinida suvga qulagan.

Favqulodda xizmatlar vakilining aytishicha, vertolyot qulagandan keyin voqea guvohlari undagi odamlarga suvdan chiqishlariga yordam berishgan. Vertolyotda 5 kishi bo‘lgan, u Oaxu oroli bo‘ylab sayohatlar uyushtirgan kompaniyaga tegishli bo‘lgan.

Voqea joyiga AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi mutaxassislari jo‘natildi. Bu ko‘ngilsiz holat joriy yilda ushbu hududda yuz bergan ikkinchi shunday holat bo‘lmoqda: yanvar o‘rtalarida okean ustida ikkita vertolyot to‘qnashishi oqibatida 12 nafar dengiz piyoda askari halok bo‘lgandi.

Top