10:59 / 19.02.2016
4630

Qozog‘istonning yangi avtomobillar bozorida savdolar minimal qiymatlargacha pasayib ketdi

Qozog‘iston yangi avtomobillar bozori kasodga uchramoqda. Qozog‘iston avtobiznesi uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda bir oy davomida bor-yo‘g‘i 3,5 mingta mashina sotilgan, deb xabar bermoqda KTK telekanali.

Bu avvalgi ko‘rsatkichlarning deyarli yarmini tashkil qiladi.

Mutaxassislarning aytishicha, Qozog‘istonda oxirgi marta bunday past ko‘rsatkichlar 4,5 yil avval qayd qilingan.

Ekspertlar bu mavsumga kattaroq umidlar bildirishgani aytishdi. Savdolarning tushishiga dollar bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lmoqda.

Qozog‘istonda sotilgan har bir avtomobilning o‘rtacha narxi qariyb 7 mln tangani tashkil qilmoqda.

Top