21:35 / 19.02.2016
9857

Turkiya maxsus xizmatlari o‘qqa tutilgan uy devorida ruslarga o‘z prezidentlari uchun kurashayotganlari aytilgan noma qoldirdi

Oxirgi kunlarda Turkiya hukumat qo‘shinlari va mahalliy kurdlar orasida murosasiz janglar ketayotgan Turkiyaning Diyorbakir viloyatida turkiyalik maxsus kuchlar ruslar uchun noma qoldirishdi.

Internetda harbiy kiyimda va yuzi berkilgan harbiy ko‘rinishicha bir necha bor o‘qqa tutilgan uy devorida yurak rasmi va uning tepasidagi yozuvga barmog‘i bilan ishora qilib turgan fotosurat paydo bo‘ldi.

Yozuvda "Ey ruslar, sizda RPG bor bo‘lsa, bizda esa RTE bor" deb yozilgan.

Turk harbiylari shu tariqa ular rus qurollaridan qo‘rqmasliklarini bildirishgan. Yozuvdagi RPG (ruchnoy protivotankovyy granatomet) – tankka qarshi qo‘l granatomyotini, RTE esa Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ismi-sharifining birinchi harflarini bildiradi. Yurak rasmi, ehtimol, buni chizganlar o‘z prezidentlarini yaxshi ko‘rishlarini anglatishi taxmin qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu Suriya prezidenti Bashar Asadni Anqaradagi teraktlarni uyushtirishda, Rossiyani esa kurdlardan Turkiyaga qarshi foydalanishda ayblagandi.

Top