22:32 / 19.02.2016
4291

Volvo elektron kalitlarda ochiluvchi avtomobillarni taklif qilmoqchi

Volvo kompaniyasi elektron kalitlarda ochiluvchi avtomobillarni taklif qilmoqchi. Bu kalitlar an'anaviy mexanik kalitlarning o‘rnini egallaydi. Bunday optsiya 2017 yildan mumkin bo‘ladi.

Shved markasi mijozlariga o‘z smartfonlariga Bluetooth protokoli bo‘yicha ishlovchi raqamli kalit dasturini ko‘chirib olish taklif qilinadi. Mobil telefon yordamida mashinaning eshigini ochish-yopish, uning motorini o‘t oldirish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu texnologiya gadjyetga bir nechta "kalitlarni" yuklashga imkon beradi. Bu esa avtomobilni ijaraga berish yoki karsheringda (qisqa muddatli avtomobil ijarasi) qo‘l kelishi mumkin. Haydovchi avvaldan avtomobilga buyurtma berib, unga to‘lovni amalga oshirgach, darhol undan foydalanishga ruxsat oladi, xaritada esa yaqin oradagi mashinalarni ko‘rsatuvchi belgilar paydo bo‘ladi.

Shuningdek, Volvo avtomobillari egalari o‘z avtomobillaridan boshqalar, misol uchun, qarindoshlari, do‘stlari yoi hamkasblari foydalana olishlari uchun ularga "kalit"ni yubora oladilar.

2015 yil oxirida Volvo internetda buyurtma berilgan tovarlarni qabul qilish tizimini ishga tushirgan, unga ko‘ra buyurtmalar kurer tomonidan bevosita mashinaga yetkazib berilishi mumkin. Bunda avtomobil egasining buyurtma keltirilganda bo‘lishi shart emas. Kurer tovarga pul to‘langandan keyin, mobil telefoniga avtomobil joylashgan o‘rni va uning eshigini ochish uchun raqamli kalit oladi. U bu kalitdan faqatgina bir marotabagina foydalana oladi.

Hozircha bu xizmatdan Gyoteborg aholisi foydalana oladi, biroq Volvo In-car Delivery deb nomlangan bu xizmatdan Shvetsiyaning qolgan qismlarida ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Keyinroq esa bu xizmat Yevropaning boshqa davlatlarida ham paydo bo‘ladi.

Top