17:58 / 20.02.2016
6226

Egiluvchan smartfon prototipi taqdim etildi

Kanadaning Kuins universiteti muhandislari noodatiy tarzda egiladigan ReFlex smartfonining prototipini taqdim etishdi.

Smartfonni egish yordamida ilovalarni yangicha usulda boshqarish mumkin. Misol uchun, elektron kitoblarda smartfonni egish keyingi sahifaga o‘tish uchun xizmat qilsa, Angry Birds o‘yinida o‘q uzish imkonini beradi.

Smartfon Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi. Unga LG kompaniyasining egiluvchan OLED-displeyi o‘rnatilgan.

Ixtirochilar ushbu smartfon 5 yil ichida sotuvga chiqishi rejalashtirilganini ma'lum qilishgan. 

Top