15:12 / 20.02.2016
3025

FT: Amerika neftchilari burg‘ilash minoralarini 2009 yilgi minimumgacha kamaytirishdi

Amerika neftchilari neft bahosining tushishi sabab burg‘ilovchi uskunalar sonini 6 yillik minimumgacha kamaytirdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

"26 burg‘ulash qurilmasi o‘z ishini to‘xtatdi, natijada ularning umumiy soni 413 tagacha qisqardi", deya Baker Hughes kompaniyasi ma'lumotlaridan iqtibos keltiradi nashr.

Ma'lum qilinishicha, qurilmalar 9 hafta davomida to‘xtatib qo‘yilgan. Oxirgi marta bunday holat 2009 yilning dekabrida kuzatilgandi.

AQShdagi burg‘ilash qurilmalari soni 2014 yili tarixiy rekordni o‘rnatib, 1609taga yetgan edi. Keyin qurilmalar soni tezda kamaya boshladi. 2016 yilning yanvar oyi oxiri kelib, ularning soni 498tagacha qisqardi.

2015 yilning oktabr oyida "Rosneft" kompaniyasi boshlig‘i Igor Sechin, slanetsli neft qazib olish bilan shug‘ullanuvchi Amerika neftchilari kreditorlarga 150 mlrd dollar qarz ekani haqida xabar bergandi.

Top