20:38 / 20.02.2016
5278

Nissan haydovchilarga kapot ostidagi mushuklar haqida eslatdi

Nissan kompaniyasi Youtube portaliga haydovchilarga kapot ostida mushuk bo‘lishi mumkinligi haqidagi videorolik joylashtirdi.

Mushuklar sovuq kunlarda isinish uchun avtomobilning motor qismiga kirib olishlari va dvigatelni o‘t oldirish, ularga jarohat yetkazishi mumkin. Yapon avtokonserni tashkil qilgan ijtimoiy kampaniya "Knock Knock Cats" nomini oldi. Nissan haydovchilarga mashinani o‘t oldirishdan oldin kapotga ikki-uch marta taqillatishni tavsiya qiladi, chunki bu uy jonivorining hayotini saqlab qolishi mumkin.

2014 yilda Tolyatti shahri qutqaruvchilari "AvtoVAZ" rahbariyatiga Lada Kalina modeli konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritishni so‘rab murojaat qilishgan edi. Kalinaning tuzilishi mushuklarga hech qanday qiyinchiliksiz kapot ostiga kirishga imkon beradi. Qutqaruvchilarning ta'kidlashiga ko‘ra, aynan shu mashina egalari o‘z mashinalaridan yaralangan mushuklarni topishganini aytishgan.

Oxir-oqibat "Avtovaz" "qimmat va befoyda"ligi sabab o‘zgartirish kiritilmasligi haqida ma'lum qilgan. Buning o‘rniga zavod rahbariyati avtomobil egalariga maxsus elastik pardalarini o‘rnatishni taklif qilgan.

Top