15:52 / 20.02.2016
3592

Smartfonlar uchun 400 karra kattalashtiruvchi ixcham mikroskop taqdim qilindi

Nurugo Micro – bu smartfonlar uchun atrofdagi olam va narsalarni 18dan 400 barobargacha kattalashtirib, o‘rganishga yordam beruvchi yuqori qulaylikdagi raqamli mikroskop-klipsa hisoblanadi.

Ixtiro Android va iOS`ning barcha turdagi smartfonlariga mos keladi.

Mobil apparatlarga qurilmani o‘rnatish uchun asosiy kameraga qo‘yiluvchi maxsus qisqich mavjud. Nurugo Micro`dan foydalanish chog‘ida sinxronizatsiyalash shart emas, faqatgina Nurugo Vox ishchi dasturining o‘zi kifoya. Unga quvvatning ham keragi yo‘q, chunki u - smartfon kamerasiga o‘rnatiluvchi qo‘shimcha vosita. O‘rganilayotgan obektni yoritish uchun mobil apparat rangidan foydalanuvchi rangli tolalar mavjud. Ushbu yangilikni yaratgan insonlar u dunyodagi eng ixcham mikroskop bo‘lishiga ishonishmoqda. Uning kengligi 0.51 sm.dan oshmaydi, og‘irligi esa bor-yo‘g‘i 3.9 grammni tashkil qiladi.

Ayni damda Nurugo Micro mikroskopini Kickstarter caytida avvaldan qilinuvchi buyurtma orqali 39 dollarga sotib olish mumkin.

Top