20:40 / 21.02.2016
3929

Suriya tashqi ishlar vazirligi BMTni Xomsdagi teraktga keskin javob berishga chaqirdi

Suriya tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik kengashi va bosh kotib Pan Gi Munni Xomsdagi teraktlarga keskin javob berishga chaqirdi. Suriya hukumatining fikricha, bu teraktlar Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha say'-harakatlarga qarshi qaratilgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

"Suriya hukumati BMT Xavfsizlik kengashi va bosh kotibdan bu terrorchilik jinoyatlarini keskin va zudlik bilan qoralashini so‘ramoqda hamda Xavfsizlik kengashidan tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishini, terrorchilik homiylariga, xususan Saudiya Arabistoni va Qatarga qarshi to‘xtatuvchi choralarni qabul qilishini talab qiladi", deyilmoqda bayonotda.

Suriya tashqi ishlar vazirligi portlashlarni Saudiya Arabistoni va Turkiyaning Suriya ixtilofini avj oldirishdagi rollarining oshkor qilingani uchun "turk-saudiya o‘chi" deb ataldi.

21 fevralda Suriyaning Xoms shahri markazida, Az-Zahro dahasidagi Sittin ko‘chasida ikkita portlash sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 46 nafarga yetdi.

Top