12:23 / 22.02.2016
7946

Eressun ko‘rfazida. Eng ertaknamo avtomobil ko‘prigi

Billionnews nashrining xabar berishicha, Daniya va Shvetsiyani ajratib turuvchi Eresunn ko‘rfazining 16 kilometrlik suv hududida ajoyib tonnelga aylanuvchi ko‘prik joylashgan.

Eresunn ko‘prik-tonneli yuqorida aytib o‘tilgan masofani paromlardan tezroq bosib o‘tishga va o‘zining ajoyib konstruksiyasi tufayli oddiy ko‘priklar keltirib chiqaradigan muammolarga uchramaslikka yordam beradi.

Ko‘prik o‘zidan, ikki sathli to‘rt qatorlik avtomagistral va temir yo‘l joylashgan ulkan inshootni o‘z ichiga oladi. U sun'iy orolda tugab, ravon yer ostidagi tunnelga ulanib ketadi. Bunday ajoyib konstruksiya, Kopengagenga yaqin hududda joylashgan aeroportga kelib qo‘nuvchi samoletlarga xalaqit bermaslik va kemalarning erkin qatnovini ta'minlash uchun tanlangan.

Top