18:31 / 23.02.2016
3159

Atambayev: harbiy islohotlar Qirg‘iziston armiyasidagi vaziyatni yaxshilashga imkon yaratdi

Qirg‘iziston rahbariyati respublika harbiy kuchlarining jangovor tayyorgarligini oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu haqda Qirg‘izistonda Vatan himoyachilari Kuni bayramiga bag‘ishlab davlat prezidenti Almazbek Atambayevning xalqiga yo‘llagan tabrigida bildirilgan.

“So‘nggi yillarda olib borilgan islohot ishlari armiya vaziyatini yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Harbiy-texnikaviy salohiyat oshirilyapti, askar va ofitserlarning jangavor tayyorgarligi o‘syapti, ularning moddiy ahvoli yaxshilanib, ijtimoiy mavqesi ko‘tarilyapti”, - deyiladi murojaatda. Prezidentning fikricha, mamlakat o‘z himoyachilariga g‘amxo‘rlik qilishi shart.

Top