09:09 / 23.02.2016
1901

Boeing korporatsiyasining direktorlar kengashi raisi almashdi

Amerikaning samolyot ishlab chiqaruvchi Boeing korporatsiyasining direktorlar kengashi raisi o‘zgardi. Lavozimga Dennis Myulenburg tayinlandi. Bu haqida kompaniyaning matbuot xizmati xabar tarqatdi. 52 yoshli menejyer, kompaniya prezidenti va direktorlar kengashi raisi 1 martdan rasman ishga kirishadi.

O‘z navbatida kompaniyani 10 yil boshqargan 66 yoshli Jim Maknirni iste'foga chiqadi. Ma'lumki, o‘tgan yilning iyun oyidayoq Boeing yangi prezident tayinlashi haqida xabarlar tarqagandi.

Top