20:54 / 23.02.2016
2256

«Chelsi» Villianga haftasiga 120 ming funtdan to‘lashni nazarda tutuvchi yangi 4 yillik shartnoma taklif qildi

«Chelsi» o‘zining braziliyalik yarim himoyachisi Villian bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

The Times xabariga ko‘ra, londonliklar jamoasi u bilan 4 yillik yangi shartnoma tuzib, uning maoshini haftasiga 120 ming funt qilib belgilab qo‘yishmoqchi.

27 yoshli bu futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgandi. Jamoa yangi mavsum arafasida YeChLdan chetda qolishi mumkinligi tufayli asosiy yetakchilaridan birini sharoitlari yaxshilangan yangi shartnoma berish orqali tarkibda saqlab qolishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda Villian jamoa uchun 40ta o‘yin o‘tkazdi va 12ta gol urib, 4ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Top