22:09 / 23.02.2016
3385

OAV: Liviya hududida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya kuchlari bor

Liviya hududida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya armiyalarining harbiy bo‘linmalari joylashtirilgan. Bu haqda "Al-Jazira" telekanali xabar berdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, "Liviyaning shimolidagi Tobruk shahri yaqinidagi Nasr avibaazasida britan kuchlari borligining isbotlari mavjud". Shuningdek, "Tripoli janubidagi harbiy-havo kuchlarining Al-Vatiya harbiy bazasida" AQSh otrayadlari mujassamlashgan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Bengazi shahrida terrorchilik guruhlariga qarshi operatsiya olib borayotgan Liviya armiya bo‘linmalari fransuz harbiylari tomonidan nazorat qilinmoqda va yo‘lantirilmoqda.
Frantsuz kuchlari Bengazi yaqinidagi harbiy bazada joylashgan.

Top