13:44 / 24.02.2016
4176

AQShda egizak opa-singillar ikkinchi bor egizak farzandlarni dunyoga keltirishdi

Egizak opa-singillar Kerri Bunker va Kelli Uoll ikkinchi bor egizak bolalar tug‘ishdi.

Birinchi marta Bunker va Uoll bir necha oy farqi bilan ona bo‘lishgan edi. Hozir egizaklar 4 va 5 yoshlarda. Bunkerning ikki yoshli boshqa bolasi ham bor, xabar beradi Associated Press.

Endi 36 yoshli amerikalik egizak opa-singillar Yuta shtati Orem shahrida bir necha hafta farqi bilan xuddi o‘sha tug‘ruqxonada navbatdagi egizaklarini dunyoga keltirishdi.

Kasalxonada “ba'zi egizaklar EKO amaliyoti yordamida paydo bo‘lishgan”ini aytishgan.

Bunker va Uoll ular nafaqat opa-singillar, balki yaqin dugona, qo‘shni va hamkasblar ekanlarini ma'lum qilishdi. Endi to‘qqiz nafar bolaning barchasi birga katta bo‘lishadi, va'da berishdi ular.

Top