08:19 / 24.02.2016
2491

Gretsiya jamoat televideniyesi studiyasiga efir paytida bezorilar bostirib kirdi

Gretsiyadagi "Rubikon" tashkiloti a'zolari 23 fevralda kechki payt Gretsiya jamoat televideniyesi va ERT radiosi binosidagi studiyalardan biriga yangiliklarning navbatdagi soni efirga uzatilayotganda bostirib kirishdi, deb xabar bermoqda televideniye xodimlariga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu favqulodda vaziyat sababli yangiliklar uzatilishi 11 daqiqaga to‘xtab qolgan. Gretsiya televideniyesi 24 fevralda tashkil topganining 50 yilligini nishonlashi munosabati bilan bu yangiliklar soni yubiley sondagisi bo‘lgan.

Bezorilar studiyaga kirganda Gretsiya kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining sobiq bosh kotibi Liana Kanelli intervyu berayotgan bo‘lgan. Oqibatda yangiliklarning yubiley soni to‘xtatib qo‘yilgan, efirga esa hujjatli film uzatila boshlangan. Bezorilar qandaydir matnni efirda o‘qishni talab qilishgan, ular bilan jurnalistlar orasida janjal chiqqan. Oqibatda televideniye xodimlaridan biri jarohat olgan.

Politsiya studiyaga bostirib kirgan bezorilarni qo‘lga olgan va politsiya boshqarmasiga olib ketgan.

Top