00:17 / 24.02.2016
2968

Ozarbayjon prezidenti Eronga ishchi safar bilan keldi

23 fevralda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Eronga ishchi safar bilan keldi.

Aliyevni Tehronning "Mehrobod" aeroportida Eronning yuqori lavozimli vakillari kutib oldi. So‘ngra mehmon korteji "Sadobod" saroyiga keldi.

"Sadobod" saroyi oldidagi maydonda Aliyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Bu yerda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Aliyevni kutib oldi, shundan keyin Ozarbayjon va Eron madhiyalari yangradi.

Ushbu safar doirasida mintaqada va dunyoda yuz berayotgan voqealar, ikki tomonlama iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy aloqalar muhokama qilinishi va bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Top