16:30 / 24.02.2016
4332

O‘zbekiston besh yil ichida kartoshka yetishtirishni 35 foizga oshirmoqchi

Respublikada, jumladan, mamlakatning tog‘li tumanlarida kartoshka va uning urug‘ini yetishtirish bo‘yicha samarali asosini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qishloqsuvxo‘jaligi vazirligi vakili ma'lumot berdi. Loyihani amalga oshirish uchun 3,85 milliard so‘m pul mablag‘i ajratiladi, xabar beradi Sputnik. 

O‘tgan yili mamlakatda 2,69 million tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkichni 3,6 million tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.

“Kartoshka O‘zbekistonda eng ommalashgan qishloq xo‘jaligida mahsuloti hisoblanadi. Shu o‘rinda qo‘shni davlatlarda ham kartoshkaga bo‘lgan talab yuqori. Shuning uchun hukumat ushbu mahsulotni yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirishga qaror qildi.

Birlamchi kartoshka urug‘larini yetishtirishda biotexnologiyalardan keng foydalanish va mikroklonal ko‘payish uslubini qo‘llashni tashkillashtirish loyihaning asosi bo‘lib xizmat qiladi” izoh berdi vazirlik vakili.

Oliy nav kartoshka urug‘larini tadqiq qilish va yetishtirish maqsadida bioorganik kimyo Instituti va poliz mahsulotlari va kartoshka Ilmiy-tadqiqot institutlarida maxsus biotexnologik labaratoriyalar tashkil etiladi. Ulardan birinchisi 2017 yili, ikkinchisi 2018 yili ishga tushadi.

Loyihani xalqaro donorlar hamda O‘zbekiston fanlar Akademiyasining byudjyetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘ bilan ta'minlaydilar.

Top