18:52 / 25.02.2016
3920

Amerikalik cho‘ntagida elektron sigareta portlab ketishi tufayli jarohatlandi

AQShning Kentukki shtatida yashovchi Josh Hemilton cho‘ntagidagi elektron sigareta portlab ketgach, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Mashable xabar bergan.

Bu portlash tufayli jabrlanuvchi uchinchi darajali jarohat olgan. Voqea yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonidagi do‘konda yuz bergan. Jarayon do‘kondagi kamera tasmaga yozib olingan. Videotasvirda portlash tufayli katta chaqin chiqqanini va jabrlanuvchining kiyim olovlanganini ko‘rish mumkin.

Voqea ro‘y berishi bilanoq do‘kon kassiri Xemiltonning ortidan qo‘lida o‘t o‘chirgich bilan yugurib chiqqan va alangani o‘chirishga yordam bergan. Biroq jabrlanuvchi butun oyog‘ini kuydirib olishga ulgurgan.

Top