18:00 / 25.02.2016
6630

Avstraliyalik prankerlar arabcha kiyim kiyib odamlarni qo‘rqitishdi

22 fevral kuni Jalals prank guruhi YouTube’da navbatdagi roliklarlaridan parchasini e'lon qilishdi. Rolikda ular arabcha kiyinib, terroristlar ko‘rinishida ko‘cha yo‘lovchilarini qo‘rqitishadi.

Aka-uka Jalollar yangi hazil doirasida gangsterlar usulidan foydalanishdi. Mashinada otishmalar bo‘layotgandek maxsus uskunalarda baland ovozlar chiqarishgan.

Bu video Feysbukda 92 ming layk yiqqan, lekin ko‘pchilik foydalanuvchilar noroziliklarini bildirganlar.

Hatto Jalollarning ashaddiy muxlislarida ham kichkina qizaloq ishtirokidagi sahna yomon taassurot qoldirdi.

Bu ayblovga javoban prankchilar (turli hazil, o‘yinlar o‘ylav topib, ijro etuvchilar) o‘sha qizcha bilan tushgan suratlarini e'lon qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qizcha tasvirga tasodifan tushib qolgan, uzr tariqasida ular qizaloqqa yumshoq o‘yinchoq va shirinliklar sovg‘a qilishdi.

Lekin shu bilan Jalollarning muammolari tugamadi. Sobiq harbiy jurnalist ularning bu qilmishini qattiq qoraladi. 25 fevral kuni ertalab Avstraliya hukumati tergov ishlarini boshlagani va yigitlarga rasman ayblov e'lon qilinganini ma'lum qildilar.

16, 18 va 19 yoshlardagi o‘smirlar bo‘lgan bu aka-ukalar o‘z ishlaridan pushaymon ekanlarini ma'lum qilishdi va ommadan uzr so‘rashdi.

Top