12:31 / 25.02.2016
3016

MWC 2016: Samsung Galaxy S6 edge va Gear S2 Global Mobile Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi

Samsung kompaniyasi o‘zining Samsung Galaxy S6 edge smartfoni va "aqlli" soati Gear S2 Global Mobile Awards mukofoti bilan taqlirlangani haqida xabar berdi

Samsung Galaxy S6 edge smartfoni qayrilgan ekranli smartfon, Samsung Galaxy S7 edge smartfonining "akasi" bo‘lib, Best Smartphone 2015 (2015 yilning eng yaxshi smartfoni) mukofoti bilan taqdirlandi. Kompaniya fikriga ko‘ra, bu mukofot gadjyetning funksional dizayni va kundalik qo‘llanishda qulay va sodda bo‘lgani evaziga berilgan.

Elektron qurilmalarga ulanuvchi eng yaxshi smartfon "Best Connected Consumer Electronic Device" nominatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi deb Samsung Gear S2 "aqlli" soati topildi. Samsung Gear S2 3 variantda taqdim qilingan: 3G qo‘llab quvvatlovchi, Classic va Classic 3G variantlarida.

"Biz uchun zamonaviy texnologiyalarimizning tan olinishi juda katta sharaf",- deydi Samsung Electronics kompaniyasi Mobile Communication bo‘limi prezidenti Donjin Kox (Dong-jin Koh)".

Top