15:45 / 25.02.2016
37077

Nodirshoh Alimovich hamda Oyxon Iforzodaning nikoh to‘yidan fotogalereya

Avvalroq ikki boshlovchining 14 fevral kuni FHDYo ro‘yxatidan o‘tganligi haqida xabar bergan edik

23 fevral kuni ikki yosh – Nodirshoh Alimovich hamda Oyxon Iforzodaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bazm Toshkentdagi "Versal" restoranida o‘tkazildi. 

To‘yda kelin-kuyovning hamkasblaridan tashqari Shahzoda, Nilufar Usmonova, Shohruxxon va boshqa ko‘plab xonandalar ishtirok etishdi.

Bazmda ko‘pchilikning e'tiborini tortgan narsa bu Nodirshohning Oyxon qo‘lini romantik tarzda so‘ragani aks etgan video bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, 31 avgust kuni Nodirshoh Oyxonni boshqa kelin-kuyovni FHDYo ro‘yxatidan o‘tish marosimini olib borish uchun ish yuzasidan shahardagi FHDYo bo‘limlaridan biriga chaqirgan. Taklif qilingan joyga kelgan Oyxon esa bu bayram o‘ziga tegishli ekanini bilgan va shu yerda Nodirshoh uning qo‘lini so‘ragan. 

Top