13:54 / 25.02.2016
2842

OAV: Apple o‘z smartfonlari uchun AQSh maxsus xizmatlari ocha olmaydigan himoya yaratmoqda

Apple kompaniyasi mutaxassislari iPhone smartfonlari uchun AQSh maxsus xizmatlari mavjud usullar bilan ocha olmaydigan himoya tizimini yaratmoqdalar. Bu haqda New York Times gazetasining elektron versiyasida ma'lum qilindi.

Nashr manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, "Apple muhandislari bloklangan qurilmalarni maxsus xizmatlar Kaliforniyadagi sud taftishida gapirilgan usullar bilan ocha olmaydigan yangi himoya vositalari yaratish ustida ish boshlashdi". Nashrning ta'kidlashicha, bu yo‘nalishdagi ish kompaniya uchun muvaffaqiyatli tugashi mumkin.

O‘tgan haftada Kaliforniya sudi Apple’dan Federal qidiruvlar byurosi xodimlariga iPhone’da saqlanayotgan ma'lumotni olishga imkon beruvchi maxsus dasturni berishni talab qildi. Bu qurilma San-Bernardinoda terakt uyushtirgan va bartaraf etilgan terrorchi Said Farrukga tegishli bo‘lgan.

Apple boshlig‘i Tim Kuk FQBning bu talabi bo‘yicha bahslashishini aytgan. U Apple xodimlari davlat muassasalariga teraktni tergov qilish nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan barcha ma'lumotlarni shundoq ham yetarlicha miqdorda taqdim qilgan, deb hisoblamoqda. Kuk korporatsiya maxsus xizmatlarga iPhone’ni ochishga imkon beruvchi dasturiy ta'minotni berish istagida emasligini qo‘shimcha qildi.

Top