15:37 / 25.02.2016
3489

Qozog‘istonda sudya amalini egallash shartlari og‘irlashdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev sudyalik lavozimi nomzodlarini qattiqqo‘llik bilan tanlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qonunga binoan, sudyalik stajirovkasiga faqat Qozog‘iston Respublikasining 25 yoshga yetgan fuqarolari kiritiladi;

oliy huquqiy ma'lumotga ega, yuqori ahloq-intizomli, sha'niga dog‘ tushmagan, va, qoidaga asosan, sudda kotib, konsultant-yordamchi, prokuror, advokat sifatida kamida besh yil, yoki boshqa huquqiy kasbda kamida o‘n yil faoliyat yuritgan;

amal qilish muddati o‘tib ketmagan muvofiqlik imtihonini topshirgan;

sudyalik lavozimining professional majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklari yo‘q ekanini tasdiqlovchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Top