07:28 / 25.02.2016
15384

Rossiya tashqi ishlar vazirligida Erdo‘g‘anning Rossiya ikki uchuvchi deb Turkiya kabi do‘stini yo‘qotgani haqidagi so‘zlariga izoh berildi

Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining feysbukdagi sahifasida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Rossiya ikki uchuvchi deb Turkiya kabi do‘stini yo‘qotgani haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

"OAV Erdo‘g‘anning so‘zlarini shunday bermoqda: "Afsus, Rossiya ikki uchuvchi deb Turkiya kabi do‘stini yo‘qotdi". Endi so‘zlarni ularning turishi kerak bo‘lgan tartibda joylashtiramiz: "Rossiya Turkiya deb ikki uchuvchisini yo‘qotdi", deb yozdi Zaxarova. 

Erdo‘g‘an, shuningdek,  Turkiya rus xalqi dushmani emasligini aytdi.

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 2015 yil 24 noyabrda Suriya ustida turk samolyoti tomonidan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilgandan keyin keskinlashib ketgan.

Top