11:52 / 25.02.2016
2195

Sergey Rebrov: «Manchester Siti» xatolarimizdan 100 foiz foydalandi. Bu biz uchun tajriba»

Ukrainaning «Dinamo» Kiyev jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov Yevropa chempionlar ligasining «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvidan (1:3) keyin o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

«Birinchi bo‘limda biz «Manchester Siti»ga o‘zining barcha kuchli tomonlarini ko‘rsatish uchun sharoit yaratib berdik. Ularga maydon markazida o‘ynashiga qo‘yib berdik, ular faqat markazdan hujumlarni tashkil qilishdi. «Siti» xatolarimizdan 100 foiz foydalandi. 

Albatta bu biz uchun ulkan tajriba maktabi. Umid qilamanki, shogirdlarim bu kabi xatolar kechirilmasligini yaxshi tushunib yetishdi. Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga chiqdik. «Manchester Siti» haqli ravishda g‘alaba qozondi. Ularda o‘ta yuqori saviyadagi hujumkor ijrochilar yig‘ilganini ko‘rish qiyin emas», – deya ta'kidladi Rebrov.

Top