08:36 / 26.02.2016
3119

Yevropa ligasi. «Lokomotiv» «Fenerbahche» to‘sig‘idan o‘ta olmay, musobaqani tark etdi

25 fevral oqshomida Yevropa ligasining 1/16 final bosqichi doirasida javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi o‘z maydonida Turkiyaning «Fenerbahche»siga qarshi bahs olib bordi. Dastlabki o‘yinda turklar o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Javob o‘yinining birinchi bo‘limi so‘ngida Samedov "Fenerbahche" darvozasini ishg‘ol etdi. Ikkinchi bo‘limda uning o‘zi juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. O‘yin so‘ngida burchakdan yetkazilgan uzatmani Topal bosh bilan moskvaliklar darvozasiga joylab, to‘qnashuv taqdirini hal qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Vitaliy Denisov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o‘yin oxirigacha maydonda harakat qildi.

Yevropa ligasi, 1/16 final, javob o‘yinlari
Lokomotiv Rossiya – Fenerbaxche Turkiya 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Samedov, 1:1 – 83 Topal.
Lokomotiv – Gilerme, Peychinovich, Vitaliy Denisov, Chorluka, Dyuritsa, Miranchuk, Samedov, Kolomeytsev, Fernandesh (Shkuletich, 73), Kasayev (Jyemaletdinov, 81), Ndinga (Mixalik, 13).
Fenerbaxche – Freytas, Ker, Kaldirim, Genyul (Ozbayrakli, 44), Alvesh, Souza, Topal, Nani (Potuk, 80), Tufan (Kadlets, 75), Shen, van Persi.
Ogohlantirishlar: Kolomeytsev (53), Mixalik (54), Tufan (63), Souza (66), Jyemaletdinov (82).
Birinchi o‘yin: 0:2

Top