16:23 / 26.02.2016
2825

Mesut O‘zil FIFA prezidentligi uchun saylov arafasida shahzoda Aliga dalda berdi

Angliyaning «Arsenal» klubi yarimhimoyachisi Mesut O‘zil FIFA prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etayotgan Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husaynni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

«Bugungi saylovlarda do‘stim shahzod Aliga omad tilayman», deya izoh qoldirgan O‘zil o‘z tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 fevral kuni Tsyurixda FIFAning yangi prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Unda OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn, janubiy afrikalik Tokio Seksvale va FIFA sobiq Bosh kotibi Jyerom Shampan nomzod sifatida ishtirok etishmoqda.

Top