18:45 / 26.02.2016
4524

Saudiya Arabistoni harbiy samolyotlarining ilk guruhi Turkiyaga yetib bordi

Saudiya Arabistoni Harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyotlar Turkiyaning janubidagi Injirlik bazasiga yetib bormoqda. Bu haqda RIA Novosti Turkiya prezidenti matbuot xizmati boshlig‘i Ibrohim Kalinga asoslanib xabar bergan.

"Saudiyaliklarning samolyotlari IShIDga qarshi kurashda ishtirok etish uchun Injirlikdagi bazaga uchib kela boshladi", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Turkiya TIV rahbari Saudiya Arabistoni samolyotlari 26 fevral kuni yetib kelishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Top