23:29 / 27.02.2016
5578

Ispaniya Primerasi, 26-tur: "Real" o‘z maydonida "Atletiko"ga yutqazdi

Ispaniya Primerasining 26-turida Madrid derbisida "Real" asosiy raqiblaridan biri "Atletiko"ga yutqazdi. "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:1 hisobi bilan "matraschilar" hisobiga yakunlandi. "Qirollik klubi" 2015 yilning 13 dekabridan birinchi marta yutqazdi. O‘shanda jamoa Ispaniya chempionatining 15-turida "Vilyarreal"ga 0:1 hisobida yutqazgandi. Shuningdek, "Real" Zinedin Zidan murabbiyligida ham birinchi marta mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni 2-bo‘limning boshida Antuan Grizmann kiritdi.

Ayni vaqtda "Atletiko" 58 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda. Chempionat peshqadami "Barselona" hisobida 63 ochko va zaxirada bitta o‘yin bor. "Real" esa 54 ochko bilan 3-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi, 26-tur
Real Madrid – Atletiko M – 0:1
Gollar: Grizmann, 53 (0:1).

Top