20:08 / 27.02.2016
2550

Kobuldagi terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 9 nafarni tashkil etdi

27 fevral kunining birinchi yarmida Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir etilgan terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni 9 nafarni, jarohatlanganlar soni 13 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Pajvak agentligi xabar tarqatgan.

Portlash politsiya uchastkasi ro‘parasida terrorchi hudkush tomonidan amalga oshirilgan. Terrorchilarning maqsadi mamlakat mudofaa vazirligi rasmiylaridan birini yo‘q qilish bo‘lgani aytilgan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Bugun Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyati hududida joylashgan Asadobod shahrida terakt sodir etilishi tufayli 11 kishi halok bo‘lib, 40 kishi jarohat oldi.

Top