19:37 / 27.02.2016
7546

Saudiya Arabistonida erkak islomni tanqid qilgani uchun 2 ming marta qamchilanadigan bo‘ldi

Saudiya Arabistoni sudi bir erkakni o‘zining tvitterdagi sahifasidagi yuzlab xabarlarda ateistik fikrlarni bildirgani uchun 10 yillik qamoq jazosi va 2 ming marta qamchilanish jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ijtimoiy tarmoqlarning monitoringi uchun javob beruvchi diniy politsiya erkakning sahifasida tangriga shirk keltirilgan, islom arkonlari mazax qilingan 600 dan ko‘proq tvitni aniqlagan.

28 yoshli erkak ateist ekanligini tan olgan va o‘z qilmishiga tavba qilishdan bosh tortgan hamda u o‘z fikrini bildirgani va bunga to‘liq haqqi borligini aytgan.

Sud, shuningdek, erkakni 20 ming saudiya rialiga (5300 dollar) jarimaga tortdi.

Top