08:33 / 28.02.2016
3241

Grigoriy Leps Moskva metrosida yo‘lovchilarga qo‘shiq kuylab berdi

Rossiyalik qo‘shiqchi Grigoriy Leps Moskva metrosining "Arbatskaya", "Borovitskaya" va "Biblioteka im. Lenina" stansiyalari o‘rtasidagi o‘tish joyida yo‘lovchilarga mini-konsert uyushtirdi, deb xabar bermoqda "Moskva" yangiliklar agentligi.

Ta'kidlanishicha, qo‘shiqchi 5 ta qo‘shiq,  jumladan "Ryumka vodki na stole" va "Samyy luchshiy den" kabi mashhur qo‘shiqlarini kuylab berdi. U, shuningdek, yo‘lovchilar bilan suhbat qurdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Leps uyushtirgan konsertni 200 ga yaqin odam tomosha qilgan. U yerga yopishtirilgan, "#muzykavmetro" degan yozuvi bo‘lgan nakleyka bilan belgilangan yarim aylana shaklidagi sahnada ishtirok etdi.

Top