09:35 / 29.02.2016
3857

Chexiya prezidenti: Erdo‘g‘an muhojirlar uchun deb YeIdan tobora ko‘proq pul undiraveradi

Chexiya prezidenti Milosh Zemanning fikricha Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mintaqada yuz bergan migratsion inqirozni bartaraf etish uchun sarflashni ro‘kach qilib, Yevropa Ittifoqidan tobora ko‘proq pul undirishda davom etadi. U bu haqda Pragadagi "Parlament sahiflari" nomli nashrga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Erdo‘g‘anga 3 mlrd yevro taklif qilishdi. U 9 mlrd dollar talab qildi. Keyingi sammitda bu miqdor yana oshishi aniq", deydi chexlar prezidenti.

U mart oyida Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasida muhojirlar masalasidagi navbatdagi sammit o‘tkazilishini taxmin qilgan.

"Mart oyi boshida Istanbulda yana muzokaralar boshlanadi. Unda keskin muhokamalar o‘tkazilishi mumkin", deydi u.

Top