23:01 / 29.02.2016
5112

Hindiston hukumati 20 mln lo‘lini hind diasporasi qismi deb tan olishini aytdi

Hindiston hukumati 30 ta davlatda yashovchi 20 mln lo‘lini hind diasporasi qismi deb tan olishini aytdi.

Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan butun dunyo lo‘lilari madaniy festivali doirasida o‘tgan xalqaro anjumandagi nutqida aytdi.

"Siz Hindiston o‘g‘lonlarisiz, siz begona yurtlarga migratsiya qilib, u yerda murakkab sharoitlarda yuzlab yillar davomida yashagansiz, biroq shunga qaramay hind xalqiga mansubligingizni qo‘llab-quvvatlagansiz. G‘arbiy Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyadagi 30 dan ko‘proq davlatda yashayotgan qudratli 20 millionlik lo‘lilar ummatisiz va bularning barchasi – hamyurtlarimiz avlodlaridir", deb ta'kidlab o‘tdi Svaraj.

Top