09:39 / 29.02.2016
5703

Yoqimli xaridlar - foydali sovg‘alar!

Bahorgi aksiya hech kimni sovg‘asiz qoldirmaydi! Va aynan shuning uchun barcha iste'molchilarimizga bu bahorni yoqimli xaridlardan boshlashni taklif etamiz. 1 mart kuni boshlanadigan bahorgi aksiya aynan shunday shior ostida o‘tadi.

Anchadan beri yangi plita yoki televizor xarid qilish hayolida yurganlar uchun ayni jur'at qilish vaqti keldi. Axir, butun mart davomida Artel brendi ostida chiqqan 24 dyuymli televizor yoki plita xarid qilganlar yoqimli sovg‘a sohibiga aylanadi.

Barcha ishtirokchilar uchun kafolatlangan sovg‘alar ro‘zg‘orda juda kerakli bo‘lgan choygum, dazmol, sharbat siqqich yoki multivarka kabi buyumlardan tashkil topgan.

Har bir sovg‘a - bu nafaqat sifatli maishiy texnika anjomi, balki har qanday uy bekasi uchun mutlaqo zarur yordamchi. Artel bug‘li dazmollari kiyimingizda bironta g‘ijim qoldirmaydi! Sog‘lom hayot tarzi tarafdorlari endi yangi kunni yangi siqilgan sharbatdan boshlashlari mumkin, multivarka esa o‘zining turli-tuman funksiyalari bilan hayron qoldiradi, eng muhimi, taom tayyorlash vaqtini qisqartiradi. 

Artel`dan bahorgi aksiya - bu nafaqat uy-ro‘zg‘or texnikasini yangilash imkoniyati, balki yaqinlashib kelayotgan bayramga go‘zal ayollarni xushnud qilish uchun ajoyib imkoniyat ham.

Aktsiyani o‘tkazish muddatlari va shartlari to‘g‘risida batafsil ma'lumot artel.uz saytida.

Reklama huquqlari asosida.

Top