20:02 / 01.03.2016
3983

"Bunyodkor" OChLning 2-turida "Al Nasr"ga mag‘lub bo‘ldi

1 mart kuni Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi-2016 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari doirasida Saudiya Arabistonining "Al Nasr" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati qayd etildi. 35-daqiqada mehmonlar hujumchisi Modibo Mayga tomonidan urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi.

Jamoalarning 1 hafta oldin o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda toshkentliklar 3:3 hisobidagi durang bilan qaytishgandi.

OChL, 2-tur "V" guruhi
"Bunyodkor" - "Al Nasr" — 0:1
Gol: 0:1 - 36 Maiga.
"Bunyodkor": Murod Zuhurov, Akmal Shorahmedov, Rustam Ashurmatov, Aleksandr Alimpiyevich, Akrom Komilov, Bulyat, Otabek Shukurov, Minori Sato, Dostobek Hamdamov, Eldor Shomurodov, Shahzod Nurmatov.
"An-Nassr": al-Enazi, Muhammad, Ibrohim, Sharaxili, Umar, Husayn, Holid, Adrian, Hazozi, Abdulazi, Gabriyel.

Top