11:28 / 01.03.2016
2168

Donald Tramp NASCAR rahbarining qo‘llab-quvvatlashiga erishdi

AQSh prezidentligi uchun respublikachi nomzod Donald Tramp NASCAR (Amerikadagi avtomobil poygalari tashkil etish bilan shug‘ulanuvchi uyushma) rahbarining qo‘llab-quvvatlashiga erishdi.

Milliarderning o‘zi uyushma rahbari Brayan Frans tomonidan ko‘mak haqida Jorjiyadagi saylovchilar bilan uchrashuvi vaqtida aytib o‘tgan. Bunga Trampning bundan avval bir qancha poygachiga yordam bergani sababligi aytilgan.

Fransning o‘zi Trampni 20 yildan buyon yaxshi bilishi haqida aytib o‘tgan.

Bundan oldinroq, Meksikaning sobiq prezidenti Trampni Gitlerga qiyoslagandi.

Qayd etish kerakki, ayni vaqtda respublikachilardan Donald Tramp, demokratlardan Hillari Klinton saylovlarda o‘z raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirmoqda.

Top