08:49 / 02.03.2016
2407

Bill Klinton vegetarianlikning o‘z hayotidagi roli haqida so‘zlab berdi

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton Nevadadagi praymerizdan keyin Las-Vegasdagi vegetarianlar uchun mo‘ljallangan kafega tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Politico nashri.

Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Xillari Klintonning turmush o‘rtog‘i yashil chili qalampiridan tayyorlangan enchilada taomi va "ajoyib" nachoslarni tatib ko‘rgan.

Bill Klinton kafe egasi Steysi Dugan bilan suhbatda vegetarianlikning uning hayotini o‘zgartirgani va unda ko‘proq kuch paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. "Men vegetarian bo‘lmaganimda, balki bu dunyoda allaqachon yashamayotgan bo‘lardim", deb aytdi Klinton.

U bunday taom qabul qilishga 2010 yilda yuragida operatsiya o‘tkazgandan keyin o‘tgan. Aynan o‘shanda Klinton salomatligi haqida qayg‘urishni hayotidagi ustuvor vazifaga aylantirishga ahd qilgan.

Top