09:20 / 02.03.2016
3968

Poroshenko ukrainalik siyosatchilarni "uch P" tamoyiliga amal qilishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Aspen-Institut vakillari bilan uchrashganda siyosatchilarni "uch P" tamoyiliga amal qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.

"Prezident o‘zining ustozi deb biladigan Ukrainaning sobiq tashqi ishlar vaziri Gennadiy Udovenkoning so‘zlarini keltirib o‘tdi. Udovenko siyosatchi uchun "uch P" –insoflilik, professionallik va vatanparvarlik (poryadochnost, professionalizm, patriotizm – tahr.) eng ustuvor jihatlar bo‘lishini aytgan", deyilmoqda xabarda.

Poroshenko ba'zi siyosatchilar bu jihatlarga o‘zlarining ambitsiyalari va ginalarini qo‘shishlarini, bu esa juda xalaqit qilishini ta'kidlab o‘tdi.

"O‘z o‘rnini qidirish yakuniy natijaga juda xalaqit beradi. Haqiqiy yetakchi birinchi navbatda o‘z oldiga davlat manfaatlarini qo‘yishi kerak", deyilmoqda xabarda.

Top