08:15 / 03.03.2016
3289

APL, 28-tur: "Arsenal", "Tottenhem" va "Manchester Siti"da mag‘lubiyat, "MYu"da g‘alaba

2 mart kuni APLning 28-turi doirasidagi uchrashuvlar davom ettirildi.

Liverpul – Manchester Siti
Bundan 3 kun avval Angliya liga kubogining finalida to‘qnash kelgan "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalari APLning 28-turi doirasida maydonga chiqishdi.

Yurgen Klopp shogirdlari Kubokdagi mag‘lubiyat alamini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Lallana, Milner va Firminoning gollariga "shaharliklar" javob qaytara olishmadi.

Liverpul – Manchester Siti 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 34 Lallana, 2:0 – 41 Milner, 3:0 – 57 Firmino.
Liverpul – Minole, Flanagan, Ture, Lovren, Klayn, Milner (Ayb, 88), Xenderson, Djan, Lallana, Firmino (Allen, 75), Oriji (Benteke, 69).
Manchester Siti – Xart, Sabaleta, Kompani, Otamendi, Klishi (Kolarov, 74), Fernando, Fernandino (Ixeanacho, 55), Navas, Silva, Sterling (Boni, 46), Aguero.
Ogohlantirish: Navas (68).

Angliya Premer-ligasining 28-turi doirasida "Lester" "Vest Bromvich"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotganidan keyin "Arsenal" va "Tottenhem"da "tulkilar"ga yaqinlashib olish imkoniyati yuzaga kelgandi.

Arsenal – Suonsi
"Arsenal" o‘z maydonida "Suonsi"ni qabul qildi. "Kanonirlar" o‘yinning 14-daqiqasida Kempbellning goli evaziga hisobni ochganiga qaramay, mag‘lubiyat alamini tortdi. "Suonsi" qolgan daqiqalarda 2ta gol urib, 3 ochkoga ega bo‘lishdi.

Arsenal – Suonsi 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 15 Kempbell, 1:1 – 32 Rautledj, 1:2 – 74 Uilyams.
Arsenal – Chex, Belerin, Mertesaker, Gabriel, Monreal, Remzi, Koklen, Kempbell (Uelbek, 64), O‘zil, Sanches (Uolkott, 75), Jiru.
Suonsi – Fabianski, Noton, Amat, Uilyams, Kingsli, Fer (Fulton, 71), Kork, Ki Son Yen (Sigurdsson, 46), Ayyu (Ranxel, 90), Rautledj, Gomis.
Ogohlantirishlar: Ayyu (40), Rautledj (77).

Vest Hem – Tottenhem
"Shporlar" ham g‘alaba qozonib, jadvalda 1-o‘ringa chiqib olishlari mumkin edi. Ammo Pochettino shogirdlari "Vest Hem"ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.

Vest Hem – Tottenhem 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 7 Antonio.
Vest Hem – Adrian, Kuyate, Kollinz (Oksford, 66), Ogbonna, Kressuell, Nobl, Obiang, Lansini (Sako, 84), Antonio, Emenike (Kerroll, 73), Payye.
Tottenhem – Loris, Tripper, Alderveyreld, Vimmer (Kerroll, 77), Devis, Dayyer, Meyson, Shadli (Alli, 61), Eriksen, Lamela (Son Xyn Min, 70), Keyn.
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (30), Vimmer (41), Devis (65).

Manchester Yunayted – Uotford
"Manchester Yunayted" esa o‘z maydonida "Uotford"ni qabul qildi. O‘yin tugashiga 7 daqiqa qolganida Xuan Mata tomonidan kiritilgan to‘p mankunianliklarga muhim 3 ochkoni keltirdi.

Manchester Yunayted – Uotford 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 83 Mata.
Manchester Yunayted – De Xea, Varela, Fosu-Mensa, Blind, Roxo (Darmian, 70), Errera (Lingard, 77), Shnayderlin, Marsyal, Mata (Makneyr, 89), Depay, Reshford.
Uotford – Gomes, Nom, Predl, Britos, Xolebas, Abdi (Suares, 70), Bexrami (Anya, 86), Uotson, Kapu, Dini, Igalo (Amrabat, 75).
Ogohlantirishlar: Fosu-Mensa (23), Britos (82), Amrabat (90).

Stok Siti – Nyukasl
"Stok Siti" kutilganidek turnir autsayderlaridan biri "Nyukasl"ni mag‘lub etdi. Ayni vaqtda jamoa 42 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan. "Nyukasl" 24 ochko bilan 19-o‘rinda.

Stok Siti – Nyukasl 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 80 Shakiri.
Stok Siti – Batlend, Bardsli (Munesa, 26), Kemeron, Vollshayd, Piters, Uelan, Imbula, Shakiri, Afellay (Diuf, 70), Arnautovich, Uolters (Krauch, 69).
Nyukasl – Elliot, Yanmat, Lassels, Teylor, Dammett, Kolbek (Dumbiya, 84), Shelvi, Sissoko, Veynaldum, Guffran (River, 74), Mitrovich (Peres, 84).
Ogohlantirish: Munes (45).

Top